Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov regulyatorda nobank tashkilotlarga valyuta ayirboshlash shoxobchalari ochishga ruxsat berish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Shuningdek, u banklar valyuta ayirboshlash shoxobchalari sonini o‘z ehtiyojidan kelib chiqib ko‘paytirishini ta’kidladi.
O‘zbekistonda iyun oyidagi xorijdan pul o‘tkazmalari miqdori rekordni yangilab, 2,34 mlrd dollarni tashkil qildi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 3,25 martaga ko‘p.
Markaziy bank tijorat banklarida kuzatilayotgan naqd xorij valyutasi defitsiti bilan bog‘liq xabarlarga izoh berib, banklar naqd valyuta bilan ta’minlangani, ayirboshlash jarayonlari uzluksiz ishlayotganini ma’lum qildi. Regulyator aholidan muammo yuzaga kelganda ishonch telefonlariga murojaat qilishni so‘radi.
Toshkent shahri, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida valyuta qimmatliklarini noqonuniy ravishda sotishga uringanlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Ular 13 300 dollarni 147,7 mln so‘mga ayirboshlashga harakat qilgani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sankt-Peterburgga yetib borgan Shavkat Mirziyoyev, yanvar oxirigacha faoliyati qayta tiklanadigan valyuta almashtiruvchi bankomatlar, 81 tup kesilgan daraxtning kompensatsiyasini 22 oydan so‘ng olgan Ekoqo‘mita, Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonliklar to‘la avtobus, shaxmatda jahon chempionini mag‘lub etgan Nodir Abdusattorov va boshqa jabarlar — «Gazeta.uz» ning 28 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi norasmiy valyuta operatsiyalarining oldini olish uchun xususiy valyuta shoxobchalarining ishlashiga ruxsat berish taklifini ilgari surdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting